Oʻzbekiston Prezidenti AQSH Kongressi delegatsiyasini qabul qildi

0
46
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 mart kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi aʼzosi, Oʻzbekiston bilan hamkorlik boʻyicha parlament kokusi ishtirokchisi Kerol Miller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv avvalida parlament aʼzosi davlatimiz rahbariga AQSH Prezidenti, Kongress rahbariyati va Oʻzbekiston boʻyicha kokus aʼzolarining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Faol siyosiy muloqotlar va idoralararo almashinuvlar davom etmoqda. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi bir necha barobar ortdi, biznes kooperatsiyasi kuchaymoqda.

Toshkent shahrida Vebster universiteti va Amerika texnologiya universiteti faoliyat koʻrsatmoqda.

Bundan tashqari, transport, bojxona, migratsiya, madaniyat va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Kerol Miller Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasi, jumladan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, demokratik institutlarni, eng avvalo, parlamentni mustahkamlash, gender tenglikni taʼminlash borasidagi ishlar natijalarini yuksak baholadi.

Iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni, shu jumladan togʻ-kon, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston hududlarining Amerika shtatlari bilan sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar va Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.