Oʻzbekiston Prezidenti AQSH kongressmenlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish yoʻllarini muhokama qildi

0
69
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 oktyabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasining kongressmenlar Don Beykon, Dug Lamborn, Troy Nels va Avgust Pflyugerdan iborat delegatsiyasini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

AQSH delegatsiyasi ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga doir kelishuvlar doirasida mamlakatimizda boʻlib turibdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari parlamentlar darajasidagi faol aloqalar va samarali almashinuvlarni, ular Oʻzbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirishga katta hissa qoʻshayotganini yuksak baholadi.

AQSH Kongressida tashkil etilgan Oʻzbekiston boʻyicha kokus – doʻstlikni mustahkamlash va konstruktiv muloqotni ilgari surish boʻyicha parlament guruhining nufuzi ortib bormoqda, faoliyati kengaymoqda. Bugungi kunda Kokus tomonidan koʻp qirrali hamkorlikni va mamlakatimizdagi islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qator muhim loyihalar ilgari surilgan.

Kongressmenlar Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar strategiyasi mamlakat barqaror taraqqiyotining muhim omili ekani hamda uning xalqaro maydondagi obroʻsi sezilarli darajada yuksalishiga xizmat qilganini alohida taʼkidladilar.

Shuningdek, Afgʻonistondagi insonparvarlik operatsiyalari qoʻllab-quvvatlangani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.

Suhbat chogʻida parlamentlararo yoʻnalish bilan bir qatorda AQSH delegatsiyasi aʼzolari vakillik qilayotgan yetakchi shtatlar — Nebraska, Kolorado va Texas bilan hamkorlik boʻyicha loyiha va dasturlar muhokama qilindi.

Innovatsiyalar va sanoat texnologiyalari, IT sohasi, qishloq xoʻjaligi, “yashil” energetika, sogʻliqni saqlash va taʼlimda kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida qoʻshma “yoʻl xarita”sini tayyorlash va ishbilarmonlik missiyalarining oʻzaro tashriflarini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.