Oʻzbekiston Prezidenti AQSHga joʻnab ketdi

0
82
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 15 may kuni rasmiy tashrif bilan AQSHga joʻnab ketdi. 

Oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston – AQSH hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. 

Vashingtonda davlatimiz rahbari, shuningdek, AQSH Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi. 

Rasmiy tashrif yakuni boʻyicha ikki mamlakat Prezidentlari «Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari: yangi strategik sheriklik davrining boshlanishi» deb nomlangan Qoʻshma bayonotni imzolashi, shuningdek, turli sohalardagi oʻzaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar toʻplamining qabul qilinishi kutilmoqda. 

Manba: OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.