Oʻzbekiston Prezidenti AQSHga keldi

0
39
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish maqsadida Nyu-York shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Nyu-York shahri meri Erik Adams, AQSH-Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 19 sentyabr kuni davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasining umumiy munozaralarida nutq soʻzlaydi hamda mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan oʻz nuqtai-nazarini bayon qiladi.

Yilning bosh xalqaro siyosiy tadbiri doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qoʻshma Shtatlari yetakchilari sammiti, xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham boʻlib oʻtadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.