Oʻzbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

0
198
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan 12 iyul kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Armaniston hukumati rahbari mamlakatimiz yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan tabriklab, katta muvaffaqiyatlar va baxt-saodat tiladi.

Suhbatda amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surish maqsadida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishi hamda qoʻshma ishbilarmonlik tadbirlarini oʻtkazish muhimligi alohida taʼkidlandi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here