Oʻzbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vazirini qabul qildi

0
273
marta koʻrilgan.

MDHning Ashxobod sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyanni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Hukumatlararo va idoralararo darajada oʻzaro almashinuvlarni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Xalqaro siyosat va koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.