Oʻzbekiston Prezidenti Ashxobod shahrida boʻlib oʻtadigan xalqaro forumda ishtirok etish uchun Turkmanistonga keldi

0
79
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 10 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga  keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari 11 oktyabr kuni turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Davlatimiz rahbarini aeroportda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Asosiy tadbirlar ertaga, 11 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston yetakchisi turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan » Zamon va sivilizatsiyalarning oʻzaro bogʻliqligi – tinchlik va taraqqiyot asosi» xalqaro forumining yalpi majlisida nutq soʻzlaydi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here