Oʻzbekiston Prezidenti BAA bilan investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi

0
62
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida 2 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari investitsiya vaziri, “ADQ” xoldingi bosh ijrochi direktori Muhammad Hasan al-Suvaydiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda  “TAQA” kompaniyasi rahbari Jasim Husayn Tabet va “Masdar” kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil al-Ramahiy ham qatnashdi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi qoʻshma loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Energetika sektoridagi hamkorlik tobora kengayib bormoqda. Tashrif doirasida bu yoʻnalishda “Masdar” kompaniyasi bilan Strategik sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari “Masdar” bosh ijrochi direktori Muhammad Jamil al-Ramahiyga koʻp qirrali Oʻzbekiston-BAA munosabatlari rivojiga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun Oʻzbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – “Doʻstlik” ordenini topshirdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here