Oʻzbekiston Prezidenti BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri bilan uchrashdi

0
54
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 15 yanvar kuni Dubay shahrida BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda bugun boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar samarali boʻlgani hamda Oʻzbekiston-BAA munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga koʻtargani yuqori baholandi.

Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash kabi sohalarda faol muloqotlar va samarali hamkorlik olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.

BAAdagi sheriklar bilan Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt sohasida yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirildi.

Dubayning ilgʻor yechimlarini shaharsozlik sohasiga, jumladan, Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani yaratish doirasida joriy etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar faol muloqotni davom ettirish va amaliy sheriklikning barcha yoʻnalishlarida keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.