Oʻzbekiston Prezidenti Belarus Bosh vaziri bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

0
179
marta koʻrilgan.

25 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Toshkent shahrida oʻtayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro koʻrgazmasida Belarus delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenkoni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

2019 yil avgust oyida Belarusga qilingan oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Keyingi yillarda Oʻzbekiston-Belarus koʻp qirrali hamkorligi rivojida yuqori surʼat kuzatilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Jumladan, oʻzaro savdo koʻrsatkichlari barqaror oʻsib, joriy yil boshidan buyon 57 foizga oshdi. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ikki mamlakat yetakchi korxonalarining kooperatsiyasi kengayib bormoqda.

Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini oshirish va mutanosibligini taʼminlash, jumladan, bunga qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish, savdo uylari tarmogʻini rivojlantirish orqali erishishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoatida, qishloq xoʻjaligi va turizm sohalarida qoʻshma loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Hududlararo hamkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish, innovatsion dasturlar va madaniy-gumanitar almashinuvni birgalikda qoʻllab-quvvatlash istiqbollari ham muhokama qilindi.

Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ikki mamlakat hukumatlari tomonidan “yoʻl xaritasi” qabul qilinishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.