Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni kecha boʻlib oʻtgan Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan samimiy qutladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Davlatimiz rahbari saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari Belarus xalqi amaldagi Prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani, amalga oshirilayotgan siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng qoʻllab-quvvatlayotganini yana bir bor tasdiqlaganini alohida taʼkidladi.
Suhbat chogʻida oʻtgan yil 7-9 fevral kunlari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan Oʻzbekiston-Belarus koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, yaqin ishbilarmonlik va hududlararo aloqalarni, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari boʻlajak tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.