Oʻzbekiston Prezidenti Belarusga tashrif buyuradi

0
158
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 2019 yil 31 iyul – 1 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Oliy darajadagi Oʻzbekiston-Belarus muloqotining davomi sifatida Minsk shahrida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Prezidentlar Minskda Oʻzbekiston milliy sanoat koʻrgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanishadilar.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti imzolanishi hamda Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, hududlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar toʻplami qabul qilinishi kutilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.