Oʻzbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirish ahamiyatini qayd etdi

0
152
marta koʻrilgan.

Toshkent forumi dorasidagi navbatdagi uchrashuv Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi bilan oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakat energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiyni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston-BAA koʻp qirrali hamkorligi doirasidagi loyihalarni ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.

Muzokaralar avvalida vazir al-Mazruiy davlatimiz rahbariga Prezident Shayx Muhammad Ol Nahayon va Vitse-prezident, Bosh vazir, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktumning salomini yetkazdi.

Ikki tomonlama munosabatlar rivojining bugungi yuqori surʼati katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Keyingi bir necha yilda tovar ayirboshlash ikki barobar oshdi, 50 ta yangi korxona tashkil etildi, investitsiya loyihalari portfeli 3 milliard dollardan ortdi. Qoʻshma investitsiya kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni aniq mazmun bilan boyitish maqsadida Oʻzbekiston yetakchisi “yashil” iqtisodiyot, energetika, transport va logistika, qishloq xoʻjaligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.