Oʻzbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti bilan uchrashdi

0
391
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti, Abu Dabi amiri Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafot etgani munosabati bilan taʼziya bildirish uchun 15 may kuni tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Abu Dabi shahridagi Prezident majmuasida davlatimiz rahbari Birlashgan Arab Amirliklarining yangi saylangan Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatimiz yetakchisi Amirliklar Prezidenti va doʻst xalqiga Prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning bevaqt vafot etgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Shayx Xalifa mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga ulkan hissa qoʻshgani alohida qayd etildi.

Shuningdek, Prezidentimiz Shayx Muhammad Ol Nahayonni oliy davlat lavozimiga saylangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Yetakchilar Oʻzbekiston va Amirliklar oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini koʻrib chiqdilar.

Davlatimiz rahbari BAA tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayon hamda Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vaziri Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan ham uchrashuvlar oʻtkazdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.