Oʻzbekiston Prezidenti birodar Tojikiston yetakchisi va xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan tabrikladi

0
78
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan 8 sentyabr kuni telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari birodar Tojikiston Prezidenti va xalqini mustaqillikka erishilganining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezidentlar joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida oʻtkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi tadbirlariga tayyorgarlikning borishini koʻrib chiqdilar, shuningdek, Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

ShHTning boʻlajak sammiti doirasida yetakchilar ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan alohida uchrashuv oʻtkazishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.