Oʻzbekiston Prezidenti BMT institutlari bilan sheriklik kengayib borayotganini qayd etdi

0
74
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida BMT Bosh kotibining oʻrinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Ijrochi kotibi Olga Algayerovani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda Barqaror rivojlanish maqsadlariga tezkor erishish borasida BMT institutlari, shu jumladan YeIK bilan koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun maxsus dastur doirasida samarali hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi  hamda “Yashil makon” dasturini, yuk tashishlarni raqamlashtirish va toʻqimachilik sanoati loyihalarini amalga oshirish   masalalarida almashinuvlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Suhbatda BMT YeIK bilan ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.