Oʻzbekiston Prezidenti BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti bilan strategik sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi

0
46
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 sentyabr kuni Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunʼyuyni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuv avvalida mamlakatimiz yetakchisi yuqori darajali mehmonni Birlashgan Millatlar Tashkilotining yetakchi tarmoq tuzilmasi rahbari etib qayta saylangani bilan qutladi hamda shu kunlarda Samarqand shahrida oʻtayotgan konferensiyani qoʻllab-quvvatlagani va uning ishida shaxsan ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. 

FAO bosh direktori Oʻzbekiston Prezidentini global miqyosda dolzarb boʻlgan mavzudagi ushbu xalqaro konferensiyani oʻtkazish tashabbusi muvaffaqiyatli roʻyobga chiqqani va tadbir yuksak darajada tashkil etilgani bilan tabrikladi.

Oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgan bugungi xavf-xatarlarga qarshi, shu jumladan mintaqa darajasida kurashish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Agrar tarmoqni rivojlantirishdagi nomutanosibliklar, suv resurslarining tanqisligi, qoʻshimcha qiymat yaratishning uzun va samarasiz zanjirlari, logistikadagi uzilishlar va boshqalar barqaror rivojlanish uchun asosiy xatarlar sifatida qayd etildi. 

Oʻzbekiston va FAO oʻrtasida 2030 yilga qadar moʻljallangan yangi hamkorlik dasturiga qishloq xoʻjaligini ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar asosida modernizatsiya qilish, agrar sohani raqamlashtirish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning taʼsirchan vositalarini amalga oshirish va agrooziq-ovqat tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshma tadbirlarni kiritishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.