Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi Tatyana Molchanni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Suhbat avvalida Tatyana Molchan Prezidentimizga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Mintaqa va mamlakat miqyosidagi loyihalarni amalga oshirish hamda oʻtgan yil noyabr oyida Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni roʻyobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari komissiya 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim oʻrnini, uning transport, innovatsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va gender tenglik, Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi masalalaridagi koʻmagini qayd etdi.
2030 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan SPEKAni rivojlantirish konsepsiyasini tez fursatda qabul qilish, dasturning Maqsadli jamgʻarmasini ishga tushirish va qator konseptual hujjatlarni tayyorlash muhimligi taʼkidlandi.