Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Boku shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Bugun boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi uchrashuvlarda ikki mamlakat yetakchilari Oʻzbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va koʻp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.