Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Budapesht shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Vengriya Bosh vaziri Administratsiyasi rahbari – vazir Gergey Guyyash va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun oliy darajadagi Oʻzbekiston-Vengriya muzokaralari boʻlib oʻtadi.