Oʻzbekiston Prezidenti “BYD” kompaniyasining mamlakatimizda avtomobillar ishlab chiqarishni toʻliq yoʻlga qoʻyish rejalarini qoʻllab-quvvatladi

0
53
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 sentyabr kuni Xitoyning yetakchi “BYD” kompaniyasi prezidenti va asoschisi Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Taʼkidlash joizki, “BYD” kompaniyasi zamonaviy elektromobillar va yangi avlod akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish sohasida global yetakchi hisoblanadi. Bir yilda 2 million dona mashina ishlab chiqaruvchi ushbu konsern dunyo avtomobil sanoati rivojlanishining asosiy tendensiyalarini belgilab bermoqda.

Uchrashuvda kompaniyaning Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirishning amaliy jihatlari, xususan, Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni tez fursatda yoʻlga qoʻyish hamda keyingi bosqichlarda uning quvvatini 300 ming donaga yetkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Mahsulot tannarxini kamaytirish uchun butlovchi va ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish loyihalariga hamda avtomobillarni uchinchi mamlakatlar bozoriga eksport qilishni tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, mamlakatimizga “BYD” elektrobuslarini yetkazib berish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha muhandislik-servis markazlarini ochish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.