Oʻzbekiston Prezidenti Chexiya Bosh vaziri bilan industrial-texnologik sheriklikni rivojlantirishning aniq loyihalarini muhokama qildi

0
50
marta koʻrilgan.

25 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Petr Fiala boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston-Chexiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni ustuvor yoʻnalishlarda kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Chexiya mamlakatimizning Yevropadagi anʼanaviy hamkoridir. Joriy yilda ikki tomonlama diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi nishonlanmoqda.

Keyingi bir necha yilda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 2 barobarga, qoʻshma korxona va loyihalar soni esa 2,5 barobarga koʻpaydi.

Bugungi kunda qurilish materiallari, tibbiy uskunalarni ishlab chiqarish, ishbilarmonlik infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat sohalaridagi almashinuvlar har doimgidek faol. Mazkur tashrif doirasida Oʻzbekiston-Chexiya arxeologik ekspeditsiyasining 20 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazma ochildi.

Uchrashuv chogʻida oʻz mintaqalarida sanoat peshqadamlari boʻlgan mamlakatlarimizning oʻzaro manfaatli hamkorligida mavjud salohiyatni samarali ishga solish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirish va uning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish zarurligi qayd etildi.

Bugun mamlakatlarimiz yetakchi korxonalari ishtirokida boʻlib oʻtgan va istiqbolli loyihalar taqdimot qilingan biznes-forumning samarali yakunlari yuksak baholandi.

Qazib chiqarish tarmogʻi, energetikani modernizatsiya qilish, energetik mashinasozlik, elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va charm sanoati, transport va logistika, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish, transport yoʻlaklarini rivojlantirish va boshqalar ustuvor yoʻnalishlar sifatida qayd etildi.

Yurtimizda Chexiyaning ilgʻor texnologiyalarini keng joriy qilishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va birgalikda moliyalashtirish vositalaridan foydalanish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.

Hamkorlikning har bir yoʻnalishi boʻyicha ishchi guruhlar tuzish va “yoʻl xarita”larini ishlab chiqishga qaror qilindi.

Bundan tashqari, Ishbilarmonlar kengashining faoliyati qayta yoʻlga qoʻyilmoqda, uning doirasida Oʻzbekiston va Chexiya poytaxtlari va hududlarida biznes-forumlarni muntazam oʻtkazib borish rejalashtirilmoqda.

Gumanitar almashinuvni kengaytirish, shu jumladan Chexiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida oʻzbekistonlik talabalarning tahsil olishi uchun kvotalarni koʻpaytirish va madaniy tadbirlar dasturini qabul qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.