Oʻzbekiston Prezidenti “China Energy” konserni bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishni qoʻllab-quvvatladi

0
47
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifning ikkinchi kunidagi tadbirlar doirasida “China Energy Engineering Corporation” raisi Sun Xaylyan bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Zamonaviy energetika, infratuzilma va sanoat obyektlarini loyihalashtirish va qurish borasida katta tajribaga ega Xitoyning «China Energy» yetakchi korporatsiyasi dunyoning koʻplab mamlakatlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda. Kompaniya aktivlarining qiymati 150 milliard dollardan ortiq.

Uchrashuvda kompaniya Oʻzbekiston energetikasini texnologik modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

«China Energy» Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida quyosh va shamol elektr stansiyalari, Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihalarini amalga oshirmoqda.

Kompaniya Navoiy viloyatida gibrid elektr stansiyasini barpo etishda ishtirok etish niyatida.

Bundan tashqari, joriy yil sentyabr oyida Samarqand viloyatida sement ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy quvvatlar birgalikda ishga tushirildi.

“China Energy” bilan sheriklik istiqbollari, shu jumladan infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, energiyani saqlash tizimlarini tashkil etish, energetika tarmogʻini 2030 yilgacha rivojlantirish dasturi doirasida malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Suv xoʻjaligida kooperatsiya qilish, sanoatning turli tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kompleks dasturni tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.