Oʻzbekiston Prezidenti “Citigroup” korporatsiyasi rahbarini qabul qildi

0
94
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentyabr kuni Nyu-York shahriga tashrifi doirasida AQSHning eng yirik “Citigroup” moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Duganni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston banklari va davlat korxonalari obligatsiyalarining xalqaro fond bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirilishiga koʻmaklashgan korporatsiya bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oʻzbekiston yetakchisi “Citigroup”ning mamlakatimizda “Citibank” shoʻba banki ofisini ochish boʻyicha rejalarini qoʻllab-quvvatladi.

Uchrashuvda bank-moliya sohasini rivojlantirish, fond bozoridagi qimmatli qogʻozlar jozibadorligi va likvidligini oshirish uchun samarali vositalarni joriy etish, mamlakatimiz kapital bozoriga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida oʻzaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

AQSH korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlar va aniq ijro muddatlarini koʻrsatgan holda “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.