Oʻzbekiston Prezidenti “Coca Cola” kompaniyasining istiqbolli loyihalarini qoʻllab-quvvatladi

0
59
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 may kuni “Coca Cola” kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi. Uchrashuvda “Anadolu Group” kompaniyasi raisi Tunjay Oʻzilxon ham ishtirok etdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

“Coca Cola” alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri boʻlib, faoliyati 200 dan ortiq mamlakat bozorini qamrab oladi, 200 dan ziyod brend va 950 dan ortiq ishlab chiqarish korxonasiga ega.

Kompaniyaning Oʻzbekistondagi eksklyuziv hamkori – “Coca Cola İçecek” Turkiyaning “Anadolu Group” tarkibiga kiradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda kompaniyaning Toshkent, Urganch va Namangan viloyatidagi 3 ta zavodi faoliyat yuritmoqda.

Uchrashuvda oziq-ovqat sohasidagi, shu jumladan «yashil» yechimlarni, energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha hamkorlikning ijobiy surʼati qayd etildi. Bugun Samarqand viloyatida yangi korxona ishga tushirildi. 2025 yilda Namangan viloyatida beshinchi zavod foydalanishga topshiriladi.

Innovatsion faoliyat va tadqiqotlarni rivojlantirish, muhandislar va soha mutaxassislarini tayyorlash muhimligi taʼkidlandi. Investitsiya dasturini yanada kengaytirish, mahsulot turlarini koʻpaytirish, materiallar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Davlatimiz rahbari istiqbolli loyihalarni tezlashtirilgan holda amalga oshirish boʻyicha alohida “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishni topshirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.