Oʻzbekiston Prezidenti Dohada Butunjahon koʻrgazmasi ochilishida ishtirok etdi

0
43
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarga davlat tashrifi doirasida “EKSPO Doha – 2023” butunjahon koʻrgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tantanali tadbirda Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Iroq, Yaman va qator boshqa mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari qatnashdi.

«EKSPO Doha» mintaqada oʻtkazilayotgan ilk global “yashil” koʻrgazmadir. Tadbir “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” shiori ostida oʻtkazilmoqda va kelgusi yil mart oyiga qadar davom etadi.

Forum ishtirokchilari atrof-muhitni muhofaza qilish, ekotizimlarni rivojlantirish, “aqlli” qishloq xoʻjaligini joriy qilish, yangi turdagi ekinlarni yetishtirish, innovatsion bogʻlar yaratish va boshqa yoʻnalishlardagi ilgʻor texnologiyalar yutuqlar bilan tanishdi.

Koʻrgazma doirasida tashkil etilgan Oʻzbekiston milliy pavilonida intensiv dehqonchilik va chorvachilik, ekologik menejment sohalaridagi eng yangi texnologiyalar, mamlakatimiz bogʻdorchilik va oziq-ovqat tarmoqlari taqdimotlari namoyish etilgan.

Shu bilan Oʻzbekiston Reespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarga davlat tashrifini yakunladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.