Oʻzbekiston Prezidenti Eron Prezidenti bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildi

0
147
marta koʻrilgan.

Turkmaniston poytaxtida oʻtayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama savdo hajmining ortishiga koʻmaklashish, sanoatda yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, ikki mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish maqsadida hamkorlikning institutsional mexanizmlarini faollashtirish muhim ekani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston va Eron yetakchilari Afgʻonistondagi bugungi vaziyatdan kelib chiqib mintaqa kun tartibi hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.