Oʻzbekiston Prezidenti Eron Prezidenti bilan uchrashdi

0
50
marta koʻrilgan.

Ashxobod shahridagi xalqaro forum doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalardagi faol aloqalar va samarali almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi va qoʻshma korxonalar soni ortib bormoqda.

Davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va tezkor amalga oshirish, Imtiyozli savdo bitimi doirasidagi mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.

Oʻzbekiston va Eron yetakchilari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.