Oʻzbekiston Prezidenti FIFA rahbarini qabul qildi

0
37
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentyabr kuni Nyu-York shahrida Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Janni Infantinoni 2023 yilgi futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

Oʻzbekiston va FIFA oʻrtasidagi samarali sheriklik alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Futbolni rivojlantirish va yoshlarni keng jalb qilish boʻyicha qoʻshma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda FIFAning yirik xalqaro tadbirlarini, shu jumladan ayollar va oʻsmirlar oʻrtasidagi birinchiliklarni tashkil etish va oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

Federatsiya rahbari Oʻzbekistonni 2024 yilda ilk bor FIFA shafeligidagi futzal boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishi bilan tabrikladi va uning yuqori saviyada oʻtkazilishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, Janni Infantino yurtimizda ommaviy va professional futbolni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va taʼlim bazasini yaratish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni yuqori baholadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.