Oʻzbekiston Prezidenti Fransiya bilan har tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi

0
96
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni Fransiya Prezidentining maslahatchisi Izabel Dyumonni qabul qildi.

Uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va ikki mamlakatning har tomonlama sherikligini kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va shaxsiy maktubini yetkazdi.

Uchrashuvda faol siyosiy muloqotlarni davom ettirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan “yashil” energetika, qazib chiqarish, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, suv taʼminoti tizimini, transport va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi yoʻnalishlarda birgalikdagi yirik loyihalarni ilgari surish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Parij shahridagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutidagi madaniy tadbir va koʻrgazmalar muvaffaqiyatli oʻtgani yuksak baholandi. Oʻzbekiston maktablarida fransuz tilini oʻrganishni kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.