Oʻzbekiston Prezidenti Fransiya Prezidenti bilan samimiy xayrlashdi

0
60
marta koʻrilgan.

Samarali Oʻzbekiston-Fransiya sammiti yakuniga yetdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning Samarqand shahriga ikki kunlik tashrifi doirasida bir qator ikki tomonlama tadbirlar boʻlib oʻtdi.

1 noyabr kuni davlat rahbarlari Registon maydonida samimiy muloqot qilib, tungi Samarqand boʻylab sayr qildilar, «Boqiy shahar» majmuasini borib koʻrdilar.

Bugun tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajali muloqotlar boʻlib oʻtdi, ular yakunida davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga koʻtarishga kelishib oldilar. Qoʻshma bayonot qabul qilinib, qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

Davlat rahbarlari Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari ishtirokidagi qoʻshma biznes forumi ochilishida ishtirok etdilar.

Kunning ikkinchi yarmida Prezidentlar Samarqanddagi Kongress markazida birgalikda daraxt ekdilar, Oʻzbekistonning madaniy merosi koʻrgazmasi bilan tanishdilar. Fransuz alyansining Samarqanddagi filiali ochilishi boʻlib oʻtdi.

Fransiya delegatsiyasi katta qiziqish bilan Samarqandning tarixiy-meʼmoriy durdonalari bilan tanishdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, aeroportda Prezident Emmanuel Makronni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi. Davlat rahbarlari samimiy xayrlashdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.