Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining ikkinchi kuni rafiqasi bilan birga Fuzuliy shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oliy martabali mehmonlarni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi kutib oldi.
Shahar buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy sharafiga nomlangan. Oʻtgan asrning toʻqsoninchi yillarigacha Fuzuliy tumanida sanoat va qishloq xoʻjaligi rivojlangan. Bu yerda kutubxonalar, madaniyat uylari, muzeylar, teatrlar, bogʻlar va boshqa madaniy obyektlar faoliyat yuritgan.
2020 yilda Fuzuliy tumani va shahrida keng koʻlamli tiklanish ishlari boshlandi. Shaharda xalqaro aeroport, zamonaviy turar-joy majmuasi, tibbiyot va taʼlim muassasalari qurib bitkazildi. Fuzuliyni tiklash ishlarini 2026 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.