Oʻzbekiston Prezidenti GE HealthCare kompaniyasi bilan hamkorlik rejalarini koʻrib chiqdi

0
47
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “GE HealthCare” kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadagi prezidenti va bosh ijrochi direktori Rob Uolton bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda korporatsiyaning mamlakatimizda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish borasidagi rejalari muhokama qilindi.

Dunyoning industrial giganti boʻlgan “General Electric” korporatsiyasi strategik sheriklik doirasida Oʻzbekiston korxonalari bilan investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish, jumladan, zamonaviy yuqori texnologik uskunalarni yetkazib berish va ularni mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish niyatida.

“GE HealthCare” kompaniyasi prezidenti Rob Uolton sogʻliqni saqlash sohasida kardiograflar ishlab chiqarish, skrining va kardio axborot tizimi yoʻlga qoʻyilishini taʼkidladi. Bundan tashqari, investor Oʻzbekistonda Milliy tibbiy maʼlumotlar arxivini yaratishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv yakunida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ni qabul qilishga kelishib olindi.

1994 yilda “General Electric” tarkibida tashkil etilgan “GE HealthCare” bosh qarorgohi Chikagoda joylashgan tibbiy texnologiyalar sohasidagi transmilliy kompaniya. Korporatsiya aktivlari qariyb 28 milliard dollarni tashkil etadi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.