Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻziga ajratilgan qarorgohda «Gulf Care General Trading» kompaniyasi rahbari doktor Iyad as-Solihni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
2001 yilda tashkil etilgan kompaniya Koʻrfaz mintaqasida tibbiy uskunalarning eng yirik yetkazib beruvchilaridan biri boʻlib, Kuvaytdagi xususiy tibbiyot muassasalarining keng tarmogʻi egasidir.
Mamlakatimiz yetakchisi kasalliklarni barvaqt aniqlash sohasidagi sheriklik rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Kompaniyaning mamlakatimiz hududlarida tibbiy xizmat koʻrsatish va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari qoʻllab-quvvatlandi.