Oʻzbekiston Prezidenti “Indorama Corporation” kompaniyasining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalarini qoʻllab-quvvatladi

0
41
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 oktyabr kuni Singapurning “Indorama Corporation” kompaniyasi asoschisi va raisi Shri Prakash Loxiya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston iqtisodiyotining kimyo, toʻqimachilik va qishloq xoʻjaligi sohalarida yirik investor va muhim texnologik hamkor boʻlgan ushbu kompaniya bilan oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Taʼkidlash joizki, “Indorama Corporation” tomonidan mamlakatimizda paxta tolasini yetishtirish va chuqur qayta ishlashga qaratilgan yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Qoʻqon superfosfat zavodi modernizatsiya qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari singapurlik investorning Oʻzbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan “Fargʻonaazot” quvvatlarini kengaytirish, tarmoq korxonalarini xususiylashtirish, toʻqimachilik va qishloq xoʻjaligida zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish rejalarini qoʻllab-quvvatladi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida kompaniyaning mamlakatimizga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari umumiy hajmi hozirgi 600 million dollardan 850 million dollargacha oshadi.

Investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish muhimligi qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.