Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahridagi tadbirlar doirasida Ipak yoʻli fondi raisi Chju Szyun bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Fond 2014 yilda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan “Bir makon, bir yoʻl” loyihasi doirasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi va infratuzilmani rivojlantirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun fond bilan birgalikda yaratilgan investitsiya platformasi imkoniyatlarini faol ishga solish orqali istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasidagi rejalar koʻrib chiqildi.