Oʻzbekiston Prezidenti islohotlar dasturini ilgari surishda Jahon banki bilan keng koʻlamli sheriklikning ahamiyatini qayd etdi

0
115
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Antonella Bassanini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Yangi Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali ilgari surishda Oʻzbekiston bilan Jahon banki guruhi oʻrtasidagi keng koʻlamli strategik hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Antonella Bassanini yuksak lavozimga tayinlangani bilan samimiy qutladi va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzbekiston bankning eng yirik benefitsiarlaridan biridir – loyihalar portfeli 3 barobarga kengaydi va bugungi kunda 11 milliard dollardan oshdi. 2026 yilga qadar Sheriklik dasturi 4 milliard dollarlik ustuvor loyihalarni oʻz ichiga olgan.

Jahon banki sogʻliqni saqlash, taʼlim, qishloq xoʻjaligi, bank, energetika, transport, raqamlashtirish va boshqa yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan yangilanishlarga koʻmaklashmoqda.

Iqlim oʻzgarishi va rivojlanish boʻyicha Mamlakat hisobotini tayyorlash yakunlanmoqda. Bank ishtirokida taraqqiyot institutlari bilan amaliy hamkorlikni muvofiqlashtirish boʻyicha samarali mexanizm – «Mamlakat platformasi» ishga tushirildi.

Vitse-prezident Antonella Bassani sermahsul hamkorlikning bugungi darajasini yuqori baholadi hamda Jahon banki mamlakatimizdagi ortga qaytmas islohotlar dasturini izchil va har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

2030 yilga qadar muddatga belgilangan maqsadli vazifalarga muvofiq kambagʻallikka qarshi kurashish, qishloqlar va oʻrta shaharlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xotin-qizlar va yoshlar bandligiga koʻmaklashish, sogʻliqni saqlash va taʼlimni isloh qilish loyihalari diqqat markazida turibdi.

«Yashil» energetikani joriy etish, yer islohotini, hududlarni kompleks rivojlantirish va davlat korxonalarini xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.