Oʻzbekiston Prezidenti Jahon banki bilan hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlarini qayd etdi

0
36
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Antonella Bassanini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Jahon banki guruhi bilan strategik hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu yetakchi xalqaro moliya instituti tomonidan Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida vitse-prezident Antonella Bassani davlatimiz rahbariga Jahon banki prezidenti Ajay Banganing samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbat chogʻida ikki tomonlama hamkorlik bugungi yuksak darajaga yetgani va samarali tus olgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimiz bankning eng yirik hamkorlari qatoriga kirdiloyihalar portfeli bir necha barobar koʻpayib, hozirgi kunda 12 milliard dollardan oshdi.

Jahon banki iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha barqarorligini taʼminlashga qaratilgan muhim islohotlarni amalga oshirishda koʻmaklashmoqda. Joriy yilning iyul oyidan Toshkent shahrida bankning mintaqaviy vakolatxonasi faoliyat boshladi.

Kambagʻallikka qarshi kurashish, davlat korxonalari va banklarini transformatsiya qilish, karbonsizlashtirish, JSTga aʼzo boʻlishni qoʻllab-quvvatlash va boshqa yoʻnalishlar hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilandi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish va urbanizatsiya, energetika va irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish dasturlariga, xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, mintaqaviy loyihalarni ilgari surish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.