Oʻzbekiston Prezidenti Jahon turizm tashkiloti bilan keng koʻlamli sheriklikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi

0
84
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 iyul kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvilini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

BMT tizimidagi ushbu yetakchi sohaviy tashkilot bilan Oʻzbekistonda zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish va yurtimizga turizm yoʻnalishlarini ommalashtirish borasida keng koʻlamli hamkorlikni yanada ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilmalari va institutlari nomidan davlatimiz rahbarini boʻlib oʻtgan Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan samimiy tabrikladi, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Turizm tarmogʻining joriy yildagi bosh xalqaro tadbiri – oktyabr oyida Samarqand shahrida boʻlajak YUNVTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekistonda zamonaviy va qulay turizm infratuzilmasini yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga yetakchi investorlar – taniqli xorijiy kompaniya va brendlarni jalb qilish masalasida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, mamlakatimizda xalqaro imijni ilgari surish, taʼlim sohasi va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida qoʻshma chora-tadbirlar majmui amalga oshiriladi, jumladan, YUNVTO Xalqaro akademiyasi va mavzuli ofisi tashkil etiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.