Oʻzbekiston Prezidenti Jiddaga keldi

0
55
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Jidda shahrining xalqaro aeroportida mamlakatimiz yetakchisini Makka mintaqasi hokimi oʻrinbosari shahzoda Badr bin Sulton Ol Saud va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari – “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi davlat rahbarlari yigʻilishi hamda ikki tomonlama muzokaralar  19 iyul kuni boʻlib oʻtadi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here