Oʻzbekiston Prezidenti Kavkaz musulmonlari idorasi raisi bilan uchrashdi

0
116
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Boku shahrida Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo muloqotni kengaytirish, taʼlim va yoshlarning maʼnaviy tarbiyasi masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari bu boradagi xalqaro hamkorlik darajasi tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Birgalikdagi saʼy-harakatlar zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi samarali kurashish, muqaddas islom dinining sof qadriyatlari va chinakam insonparvarlik maqsadlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Prezidentining islom olamining boy merosini oʻrganish va asrab-avaylash boʻyicha tashabbuslarini va bu borada qabul qilinayotgan choralar samarali ekanini qayd etdi. 

Ollohshukur Poshshozoda mamlakatlarimiz va butun mintaqada tinchlik, totuvlik, barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlash yoʻlida faol muloqot va hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.