Oʻzbekiston Prezidenti koʻp qirrali hamkorlikni ilgari surishda MDHning ahamiyatini qayd etdi

0
139
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni Konstitutsiya boʻyicha referendumni kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatimizda boʻlib turgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Hamdoʻstlik bosh kotibi va missiya aʼzolariga mamlakatimizning barcha hududlarida faol ishlagani hamda referendumning borishi va natijalariga yuksak baho bergani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Nufuzli mintaqaviy tashkilot rahbari, oʻz navbatida, Oʻzbekiston yetakchisi va koʻp millatli xalqini referendum jarayonlari yuksak xalqaro talablari va standartlariga muvofiq muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan dildan qutladi.

Referendum yakunlari Yangi Oʻzbekistonni barpo etish va mamlakatimizda demokratik yangilanishlarni davom ettirishda muhim bosqich boʻlishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda oʻzaro manfaatli, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, sanoat va transport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashda MDHning muhim oʻrni qayd etildi. Hamdoʻstlik makonida investitsiyalar jadal surʼat bilan oʻsayotgani taʼkidlandi, joriy yilning mart oyida Samarqand shahrida oʻtgan Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisining samarali natijalari yuqori baholandi.

Faol gumanitar almashinuvlarni bundan buyon ham davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.