Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasida Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prezident.uz saytida.
Oʻzbekiston va Koreya Respublikalari hamkorligi soʻnggi yillarda keng koʻlam kasb etdi. Davlatimiz rahbarining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi davomida savdo, yoqilgʻi-energetika, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, avtomobilsozlik, togʻ-kon sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, tibbiyot, turizm, fan-taʼlim va madaniyat kabi koʻplab sohalarda kelishuvlarga erishildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashuvda erishilgan mazkur kelishuvlarni amaliyotga izchil tatbiq qilish, yangi loyihalar ustida hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.