Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyun bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prezident.uz saytida.
Spiker davlatimiz rahbarini qutlar ekan, Janubiy Koreya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik va strategik munosabatlarni yanada mustahkamlash keng koʻlamli hamkorlikni kengaytirishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.
Joriy yil 26 sentyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, mazkur yoʻnalishdagi aloqalarni yanada kengaytirish borasida muhim kelishuvlarga erishilgan edi. Oʻsha uchrashuvning mantiqiy davomi boʻlgan bugungi muzokaralar oʻzaro ishonch va samimiy ruhda oʻtdi.
Prezidentimiz Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi faoliyati bilan tanishdi.