Oʻzbekiston Prezidenti Kuvayt Hukumati rahbarini qabul qildi

0
40
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvaytga tashrifi doirasida oʻzi uchun ajratilgan qarorgohda ushbu mamlakat Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi, ichki ishlar vaziri Shayx Fahd as-Saboh boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda Kuvayt tomonidan moliya va investitsiyalar vaziri Nura Sulaymon al-Fassam, savdo va sanoat vaziri Xalifa Abdulla al-Askar hamda Investitsiya agentligi direktori Shayx Saud as-Saboh ham ishtirok etdi.

Bugun boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Ikki davlat rahbarlarining Oʻzbekiston-Kuvayt munosabatlarini keng qamrovli sheriklik darajasiga olib chiqqan uchrashuvi samarali boʻlgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

«Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» sammitida ishtirok etish uchun Kuvayt Amirining Oʻzbekistonga boʻlajak tashrifiga birgalikda tayyorgarlik koʻrish muhimligi qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Shu nuqtai nazardan, Qoʻshma investitsiya platformasi va Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi, logistika va transport, gidroenergetika, infratuzilma, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi.

«Yoʻl xaritasi»ga kiritilgan kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish maqsadida faol muloqotlar va oʻzaro tashriflarni tashkil etishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.