Oʻzbekiston Prezidenti Kuvayt tashqi ishlar vazirini qabul qildi

0
43
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvayt shahrida Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla al-Yahyo bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Kuvaytga amalga oshirilayotgan tarixiy tashrif davomida erishilgan kelishuvlar doirasida faol siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston bilan Kuvayt oʻrtasida keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish boʻyicha oliy darajada qaror qilingani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tashqi siyosiy idoralar oʻrtasida muntazam maslahatlashuvlarni tashkil etish va Samarqand shahrida oʻtadigan «Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» sammitiga birgalikda tayyorgarlik koʻrish muhimligi taʼkidlandi.

Tashrif doirasida Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan yangi hamkorlik dasturi imzolangani yuqori baholandi.

Oziq-ovqat xavfsizligi, sanoat kooperatsiyasi, infratuzilma, turizm va boshqa yoʻnalishlarda loyihalarni ilgari surish hamda mamlakatlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.