Oʻzbekiston Prezidenti MAGATE bilan koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

0
49
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi oʻrtasida 4 dekabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni tubdan kengaytirish va amaliy sheriklikning yangi yoʻnalishlarini ilgari surish istiqbollari atroflicha koʻrib chiqildi deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston 1994 yildan buyon XAEA aʼzosidir. Bu davr mobaynida ushbu nufuzli tashkilotning texnik koʻmagini jalb etgan holda 40 dan ortiq qoʻshma loyiha amalga oshirildi. Hozirda milliy tuzilmalarning huquqiy bazasi va salohiyatini takomillashtirish, yadro fani, tibbiyotini rivojlantirish boʻyicha va boshqa yoʻnalishlarda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari XAEA delegatsiyasi bugun Oʻzbekiston vazirliklari, idoralari va ilmiy muassasalarida oʻtkazgan uchrashuv va tadbirlarning natijalarini yuqori baholadi. 5 dekabr kuni Samarqand shahrida sohadagi yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida boʻlib oʻtadigan Atom energiyasidan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro konferensiya birgalikda tashkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Milliy agentliklarning kompetensiyalari va salohiyatini oshirish, XAEA dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yadro energetikasi, qishloq xoʻjaligi, suvdan foydalanish, sogʻliqni saqlash, ekologiya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tinch atom sohasini rivojlantirish boʻyicha koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qoʻshma «yoʻl xaritasi»ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.