Oʻzbekiston Prezidenti Malayziyaga keldi

0
16
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4 fevral kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari bin Abdul, taʼlim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oʻzbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi.

Prezidentimiz aeroportda Malayziya parlamenti spikeri bilan uchrashuv oʻtkazdi. Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Parlamentlar doirasida faol hamkorlik va almashinuvlarni davom ettirish, oʻzaro tashriflar va doʻstlik guruhlari tadbirlarini tashkil etish, qonun ijodkorligi masalalarida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, muhim investitsiyaviy, infratuzilmaviy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar dasturlarni amalga oshirishga koʻmaklashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tashrif dasturining asosiy tadbirlari ertaga, 5 fevral kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Prezidenti va Malayziya Bosh vaziri oliy darajada muzokaralar oʻtkazadi hamda Oʻzbekiston-Malayziya biznes forumida ishtirok etadi. Sammit yakunida qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.