Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo yetakchilari sammitining madaniy dasturida ishtirok etdi

0
63
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga tashrifi doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon sanʼat ustalarining «Doʻstlik kechasi» tantanali konsertida ishtirok etdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tadbirda Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, sammitning faxriy mehmoni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham qatnashdi.

Folklor-etnografik ansambllar va estrada sanʼatkorlarining rang-barang chiqishlari, milliy qoʻshiq va raqslar xalqlarimizning mushtarakligi va madaniy yaqinligini yaqqol namoyon etdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here