Oʻzbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo — YeI” sammitida nutq soʻzlaydi va Toshkentda Yevropa kengashi Prezidentini qabul qiladi

0
208
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun  27 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tadbirda Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel va mintaqamiz mamlakatlarining yetakchilari ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Sammit kun tartibiga muvofiq, siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shu kun kechasi Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi kutilmoqda.

28 oktyabr kuni Oʻzbekiston va YeI oʻrtasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi. Mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan ikki va koʻp tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi koʻrib chiqiladi. 

Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifi chogʻida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.